Turkmanistonda 2026–2028-yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi
2026–2028-yillarda Turkmanistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi.
Bu haqda 8-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosari M. Chakyyev ma’lumot berdi.
Konsepsiyaning asosiy maqsadi — raqamli infratuzilmani rivojlantirish, davlat idoralari va iqtisodiyotning barcha sohalari uchun qulay sharoitlar yaratish, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish orqali mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
Hujjatda shuningdek:
-
xalqaro standartlar va milliy manfaatlarga muvofiq raqamli iqtisodiyotga oid huquqiy asoslarni takomillashtirish,
-
elektron hukumat, raqamli ta’lim va fan, raqamli sog‘liqni saqlash, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish,
-
ma’lumot uzatish tarmoqlarini zamonaviylashtirish,
-
xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va
-
investitsiyalarni jalb qilish kabi masalalar ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan, bosh vazir o‘rinbosari tayyorlangan qaror loyihasini Prezidentning ko‘rib chiqishiga taqdim etdi.
Turkmaniston Prezidenti, Arkadagly Serdar Berdimuhamedov, hisobotni tinglab, mamlakatda raqamli tizimlarni milliy iqtisodiyotga joriy etish borasida samarali ishlar olib borilayotganini ta’kidladi va elektron hukumat tizimini rivojlantirishga katta ahamiyat berilayotganini qayd etdi. Prezident bu boradagi ishlarni davom ettirish maqsadida hujjatni imzoladi va tegishli topshiriqlarni berdi.
