Turkmanistonlik maktab o‘quvchisi Almaty shahrida o‘tkazilgan AMAKids xalqaro olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
Turkmanistonlik maktab o‘quvchisi Baymuhammet Annamuhammedov AMAKids akademiyasi tomonidan tashkil etilgan International Mental Arithmetic & English Language Olympiad – Independence Cup xalqaro olimpiadasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Turkmenportal axborot sayti xabar berdi.
Musobaqalar Qozog‘iston Mustaqillik kuni munosabati bilan Olmaota (Almaty) shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda turli mamlakatlardan kelgan bolalar va o‘smirlar ishtirok etib, mental arifmetika va ingliz tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
B. Annamuhammedov o‘z toifasida birinchi o‘rinni egallab, ishtirokchilar orasida eng yuqori natijani qayd etdi.
Independence Cup olimpiadasi xalqaro formatda o‘tkazilib, bolalar va o‘smirlarning intellektual hamda til qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
