Turkmanobodda “Ezber elli gözeller” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi
Lebap viloyatining Turkmanobod shahridagi Madaniyat markazida “Ezber elli gözeller” (“Usta va go‘zal qizlar”) tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Magtymguly nomidagi Yoshlar uyushmasi Lebap viloyat kengashi hamda Turkmaniston Ayollar birlashmasi Lebap viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

Tanlov kuchli, mehnatkash, ijodkor, ruhiy yuksak, or-nomusli va odobli qizlarning iqtidorini ochib berish maqsadida o‘tkazildi.
G‘oliblar:
1-o‘rin: Sulgun Astanowa — Lebap moliya-iqtisod kolleji, 1-kurs, iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar yo‘nalishi;
2-o‘rin: Gulnabat Jorayeva — Turkmanobod tibbiyot kolleji, davolash yo‘nalishi, 1-kurs;
3-o‘rin: Selbi Imanova — maxsus san’at kolleji, vokal yo‘nalishi, 1-kurs, va Lachyn Owezmyradova — suv xo‘jaligi kolleji, iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar, 2-kurs.
G‘oliblar va ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar hamda faxriy yorliqlar topshirildi.