Yozgi dam olish mavsumining birinchi bosqichi davom etmoqda
Turkmanobod shahrida yozgi dam olish mavsumining birinchi bosqichi davom etmoqda. Amudaryo bo‘yidagi “Bahtiyarlyk” bolalar sog‘lomlashtirish va dam olish markaziga bolalarni jo‘natish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat va shahar hokimliklari, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, jamoat tashkilotlari vakillari, hurmatli oqsoqollar va ota-onalar ishtirok etib, bolalarga sog‘lom va mazmunli yozgi ta’til tilashdi.
So‘ngra bolalar bezatilgan avtobuslarga o‘tirib, yo‘lga tushishdi. Ular yo‘l-yo‘lakay viloyat tarix va kraevediya muzeyi, viloyat kutubxonasi va shaharimizdagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni ziyorat qilishdi. Sayohatdan so‘ng bolalar “Bahtiyarlyk” markazi oldidagi maydonga yetib kelishdi. Bu yerda ularni markaz o‘qituvchilari iliq kutib olishdi.
Mavsum boshlanishi munosabati bilan san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari tashkil etildi. Shunday qilib, bolalarning yozgi ta’tillari boshlandi.
Mavsum davomida qo‘shiqlar, she’r o‘qishlar, sport musobaqalari, madaniyat maskanlariga va tabiat go‘shalariga ekskursiyalar rejalashtirilgan. Yozgi dam olish bolalarga unutilmas lahzalarni taqdim etadi.