Ronalduning o‘g‘li ilk bor Portugaliya U16 terma jamoasiga chaqirildi

Oct 21, 2025 - 16:51
Oct 21, 2025 - 16:54
Ronalduning o‘g‘li ilk bor Portugaliya U16 terma jamoasiga chaqirildi

Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubida to‘p surayotgan 15 yoshli qanot hujumchisi Krishtianu Ronaldu dos Santos ilk bor 16 yoshgacha bo‘lgan Portugaliya yoshlar terma jamoasiga chaqiruv oldi.

Bu haqda Report xabar bermoqda, manbaga ko‘ra, bu ma’lumot Portugaliya Futbol Federatsiyasining rasmiy saytida e’lon qilingan.

Yosh futbolchi uchun bu — terma jamoadagi ilk chiqishi bo‘ladi.

Besh karra "Oltin to‘p" sohibi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Federatsiyalar Kubogida ishtirok etadi. Turnir Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi va unda Portugaliya Turkiya, Angliya hamda Uels terma jamoalari bilan o‘ynaydi.

Ronaldu Jr. ilk xalqaro o‘yinini 2025-yil 13-may kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazgan.