Yangilangan Toyota RAV4 boshqa nom bilan: bugun Toyota Wildlander 2026 taqdim etiladi

Nov 20, 2025 - 17:26
Yangilangan Toyota RAV4 boshqa nom bilan: bugun Toyota Wildlander 2026 taqdim etiladi
Yangilangan Toyota RAV4 boshqa nom bilan: bugun Toyota Wildlander 2026 taqdim etiladi

GAC Toyota qo‘shma korxonasi yangilangan Toyota Wildlander krossoverining rasmiy taqdimoti Guanjou avtosaloni ochilishidan bir kun oldin — 20-noyabrda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Model tashqi ko‘rinishidan tortib ichki dizayniga, harakat tizimiga va haydovchiga yordam beruvchi bo‘limlariga qadar keng ko‘lamli yangilanishlarni oldi.

Avtomobil Toyota RAV4 XA60 uslubida yaratilgan — bu hayratlanarli emas, chunki RAV4 va Wildlander deyarli bir xil, o‘lchamlarida juda kichik farqlar mavjud bo‘lgan “egizak modellar” hisoblanadi. Shunga qaramay, Wildlander RAV4dan biroz ixchamroq: uning o‘lchamlari 4600×1855×1680 mm, g‘ildirak bazasi esa 2690 mm.

Avtomobil uch xil kuch qurilmasi bilan taqdim etiladi — ularning barchasi Xitoydagi Toyota Camry XV80 modelidagi dvigatellarga o‘xshash. Asosiy versiyada 2,0 litrli, 171 ot kuchiga ega benzin dvigateli mavjud. Shuningdek, 2,0 litr va 2,5 litr dvigatellarga asoslangan 152 va 185 ot kuchiga ega gibrid variantlar ham taklif etiladi. Kelajakda tokdan quvvat oluvchi gibrid (PHEV) versiyasining qo‘shilishi ham ehtimoldan xoli emas.