Yerda so‘nggi uch oy ichidagi eng kuchli magnit bo‘roni qayd etildi
Fizika-matematika fanlari doktori Sergey Bogachevning ma’lumotiga ko‘ra, Yer so‘nggi uch oy ichidagi eng kuchli magnit bo‘roniga duch keldi. Bu haqda u “Ehtiyot bo‘ling, Moskva” loyihasiga intervyu berdi.
Bogachevning aytishicha, magnit bo‘roni G3+ darajaga yetgan bo‘lib, bu kuchli geomagnit faollik sifatida baholanadi. Bunday darajadagi oxirgi hodisa 1-iyun kuni kuzatilgan edi. Eng qizig‘i, bu darajadagi kuchli bo‘ron oldindan prognoz qilinmagan. Vaziyat hozirda noaniq va yaqin kun uchun aniq bashorat yo‘q.
Olimning ta’kidlashicha, geomagnit holat “keskin buzilgan” va hatto o‘rta kengliklarda ham shimoliy yog‘du (aurora) ko‘rinishiga sharoit yaratmoqda. Ba’zi hududlarda allaqachon yog‘dular kuzatilgan, ammo bu tunda Moskva viloyatida ular ko‘rinadimi-yo‘qmi — noma’lum.
30-sentabr kuni ertalab Amaliy geofizika instituti Yer magnit maydonidagi o‘zgarishlar o‘rtacha darajaga yetganini ma’lum qilgandi. Biroq keyinroq faollik ancha kuchaygani qayd etildi.
