Geofizika institutida Quyoshda kuchli chaqnash qayd etildi
4-noyabr kuni Quyoshda M3.5 sinfiga mansub kuchli chaqnash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Amaliy geofizika instituti olimlari TASS agentligiga.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, chaqnash rentgen diapazonida, 4274-raqamli quyosh dog‘lari guruhida (N22E72) sodir bo‘lgan va taxminan 25 daqiqa davom etgan.
Institut izohiga ko‘ra, quyosh chaqnashlari rentgen nurlanish kuchiga qarab A, B, C, M va X sinflarga bo‘linadi.
Eng past daraja — A0.0, Yer orbitasida kvadrat metriga 10 nanovatt quvvatga teng, har bir keyingi sinf esa nurlanish quvvatini 10 baravar oshiradi.
Bunday chaqnashlar ko‘pincha quyosh plazmasining otilishi bilan kechadi va ular Yerga yetib kelganda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Avvalgi kuni Quyoshda M3.2 sinfidagi biroz sustroq chaqnash ham qayd etilgan edi.
Bundan oldin, 3-noyabr kuni, Quyoshda bir soat ichida yana M sinfidagi ikki chaqnash — M5.0 va M1.6 kuzatilgan edi.
