Yosh bilan bog‘liq kasalliklarning rivojlanishini sekinlashtiruvchi o‘simlik modda aniqlangan

Nov 4, 2025 - 16:08
Yosh bilan bog‘liq kasalliklarning rivojlanishini sekinlashtiruvchi o‘simlik modda aniqlangan

Phytotherapy Research (PhyRes) jurnaliga ko‘ra, olma, piyoz, kapers va yashil loviya tarkibida mavjud bo‘lgan tabiiy birikma — kversetin, bir qancha yosh bilan bog‘liq kasalliklarning rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Bunday xulosaga Chjilin qishloq xo‘jaligi fan va texnologiya kolleji olimlari kelishdi.

Kversetin — flavonoidlar guruhiga mansub biokimyoviy modda bo‘lib, u o‘simliklarda stressga bardoshlilikni oshiradi, hujayra devorlarini mustahkamlaydi va fiziologik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tadqiqotchilar avval chop etilgan ishlarni tahlil qilib, kversetinning kuchli antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega ekanligini aniqladilar. U hujayra jarayonlarini boshqaradi, to‘qimalarning shikastlanishining oldini oladi va qarish bilan bog‘liq signal yo‘llariga ta’sir ko‘rsatadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, kversetin yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, insult, osteoporoz, demensiya hamda ko‘zning yosh bilan bog‘liq kasalliklari xavfini kamaytiradi.
Yallig‘lanish, oksidlovchi stress va hujayra o‘limi mexanizmlarini boshqarish orqali kversetin bu jarayonlarning rivojlanishini sekinlashtiradi.

Tadqiqotchilar fikricha, yangi bioyetkazib berish texnologiyalari va inson organizmining individual xususiyatlarini inobatga olish kversetinning so‘rilishini va samaradorligini oshirishi mumkin. Shu bilan birga, uning foydasini tasdiqlash va xavfsiz dozasini aniqlash uchun qo‘shimcha klinik sinovlar zarurligini qayd etdilar.