YouTube xizmatlarida katta nosozlik yuz berdi
YouTube xizmatlarida keng ko‘lamli nosozlik yuz berdi.
Report'ning xabar berishicha, bu haqda Downdetector portalidagi ma'lumotlar tasdiqlamoqda.
340 mingdan ortiq foydalanuvchi YouTube, YouTube Music va YouTube TV xizmatlariga kirishda muammolar haqida shikoyat qilgan.
Foydalanuvchilarning 55% videoni ko‘rishda muammoga duch kelgan, 33% ilova ishlamay qolganini, 12% esa sayt bilan bog‘liq muammo bo‘lganini bildirgan.
