Xitoy eng tez yuradigan poyezd prototipini yaratdi

Jul 22, 2025 - 09:15
Xitoy eng tez yuradigan poyezd prototipini yaratdi

12-Butunjahon yuqori tezlikdagi temiryo‘l kongressida Xitoyning CRRC Changchun Railway Vehicles kompaniyasi yangi avlod magnit yostiqchali (maglev) poyezdning ilg‘or prototipini taqdim etdi. Bu poyezd soatiga 600 kilometrgacha bo‘lgan rekord tezlikni rivojlantira oladi. Yangi ishlab chiqilgan texnologiya yuqori tezlikdagi poyezdlar va havo transporti o‘rtasidagi bo‘shliqni to‘ldirishni maqsad qilgan.

Loyihaning asosiy xususiyati — ikki tizimli gibrid osma tizimi (g‘ildiraklar + magnit yostiqcha). Poyezd dastlab soatiga 150 km gacha bo‘lgan tezlikda g‘ildiraklarda harakat qiladi, so‘ngra magnit yostiqchali tizimga o‘tadi. CRRC bosh muhandisi Shao Nanning ta’kidlashicha, bu Xitoyda yuqori o‘tkazuvchan magnitlar asosidagi elektrodinamik osma tizim bilan jihozlangan birinchi maglevdir.

Mutaxassislarning fikricha, Xitoy temiryo‘l texnologiyalaridagi dunyo yetakchiligini yanada mustahkamlamoqda. 2022-yildan beri ishlab chiqilayotgan ushbu loyiha mamlakatning strategik rivojlanish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va o‘rta masofali havo qatnovlariga muqobil sifatida qaralmoqda.