Shahmat bo‘yicha eng yosh xalqaro usta

Jul 28, 2025 - 19:12
Shahmat bo‘yicha eng yosh xalqaro usta

Xalqaro shahmat federatsiyasi (FIDE) 10 yoshli rossiyalik shahmatisti Roman Shogjiyevni xalqaro usta darajasi bilan rasmiy tan oldi. Bu haqda Rossiya Shashka federatsiyasining matbuot xizmati xabar berdi.

Shunday qilib, Roman Shogjiyev shahmat olamida xalqaro usta darajasini olgan eng yosh sportchi sifatida tarixga kirib qoldi. U ushbu darajaga 10 yosh, 3 oy, 21 kunlik paytda yetdi.

Avvalgi rekord esa, 10 yosh, 8 oy, 16 kunlikda xalqaro usta bo‘lgan argentinalik Faustino Oroga tegishli edi.

Ma’lumot uchun: Roman Shogjiyev 2015-yil 4-fevralda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida tug‘ilgan. Shahmat bilan 4 yoshidan shug‘ullanib boshlagan. 2024-yilda esa 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida o‘tkazilgan klassik va blitz turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.