AQShda o‘sishi va o‘zini tiklay oladigan robotlar ishlab chiqildi

AQShning Kolumbiya universiteti mutaxassislari “robotik metabolizm” deb nomlangan muhim texnologiyani ishlab chiqdilar. Ushbu texnologiya robotlarga o‘sish, shikastlardan so‘ng tiklanish va atrof-muhitdan yoki boshqa robotlardan olinadigan elementlar yordamida “ovqatlanish” imkonini beradi. Biologiyadan ilhomlangan bu g‘oya Truss Link modulli qurilmalari orqali amalga oshirilgan bo‘lib, ular o‘z-o‘zini yig‘ish va murakkab tuzilmaga aylanish qobiliyatiga ega.
Hozirgi zamon robotlari odatda qattiq va moslasha olmaydigan tuzilmalarga ega bo‘lsa, “robotik metabolizm” mashinalar uchun jismoniy avtonomiyaning yangi davrini ochadi. Professor Hod Lipsonning ta’kidlashicha, bu texnologiya kelajakda qutqaruv operatsiyalaridan tortib, kosmosning chuqur hududlarigacha turli muhitlarda yashay oladigan va moslasha oladigan robot “ekotizimlarini” yaratish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.