Ashgabatda betaraflikning 30 yilligiga bag‘ishlab iqtisodiy yutuqlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Dec 10, 2025 - 17:00
Ashgabatda betaraflikning 30 yilligiga bag‘ishlab iqtisodiy yutuqlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Turkmanistonning doimiy betarafligining 30 yilligiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli iqtisodiy yutuqlar ko‘rgazmasi 11–12-dekabr kunlari Ashgabat shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Neýtralnyý Turkmenistan» gazetasi xabar berdi.

Savdo-sanoat palatasi majmuasi milliy tarmoqlarning imkoniyatlarini namoyish etadigan maydonga aylanib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Ko‘rgazmada ishtirok etish va uni tomosha qilish uchun Turkmanistonning tarmoq vazirliklari va idoralari mutaxassislari, Senagatçylar we telekeçiler birleşmesi (SPPT) a’zolari, shuningdek xorijiy kompaniyalar taklif etiladi.

Ko‘rgazma manzili: Ashgabat, Çandıbil şaýoly, 143.
Ish vaqti: 11-dekabr — 11:00–18:00, 12-dekabr — 10:00–17:00.