Berdimuhamedov va Aliyev nomidagi xayriya fondlari o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi
Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Xayriya fondining davolash ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti Oguljahan Atabaeva va Ozarbayjon Respublikasi Heydar Aliyev Fondining vitse-prezidenti Leyla Aliyeva seshanba kuni “Awaza” Milliy turistik zonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi Memorandumni imzoladilar. Bu haqda Turkmanistonning rasmiy OAVlari xabar berdi.
Muzokaralar davomida tomonlar bolalar salomatligini muhofaza qilish, tegishli fondlar o‘rtasida tajriba almashish va xayriya tashabbuslarini kengaytirish kabi gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Oguljahan Atabaeva madaniy-gumanitar hamkorlikning davlatlararo aloqalarning muhim bo‘g‘ini ekanligini ta’kidladi va kelgusida institutsional hamkorlikni rivojlantirish salohiyatiga e’tibor qaratdi.
Leyla Aliyeva taklif va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirar ekan, amalga oshirilayotgan gumanitar loyihalarning ahamiyatini hamda bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarning dolzarbligini qayd etdi.
Shu kuni Awazada Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya fondining yangi filiali ham ochildi.
