Dänevlik o‘qituvchi ijodiy tanlov g‘olibi bo‘ldi
Dänev tumanidagi 45-sonli umumta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi Maral Batyrjanowa Watan gazetasi tahririyati hamda Yosh tabiatshunos jamoat tashkiloti tomonidan uyushtirilgan ijodiy tanlovda ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Tanlov yakunlari poytaxtimizdagi “Ashgabat” bog‘i hududida joylashgan “Ashgabat” restoranida o‘tkazilgan tantanali marosimda e’lon qilindi.
Muqaddas Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yosh tabiatshunos: yashil olam, obod kelajak” nomli bu ijodiy tanlovning asosiy maqsadi — aziz yurtimizda tabiat go‘zalliklarini asrash, uning boyliklaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qo‘shish va yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni gazeta va jurnal sahifalarida yoritishdan iborat edi.
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi.
