Do‘kondagi mijoz tasodifan iPhone 17 Pro’ni tushirib yuborgani uchun jarima to‘ladi

Oct 10, 2025 - 09:17
Do‘kondagi mijoz tasodifan iPhone 17 Pro’ni tushirib yuborgani uchun jarima to‘ladi

Xitoyda bir mijoz do‘konda ko‘rgazmaga qo‘yilgan iPhone 17 Pro smartfonini tasodifan tushirib yuborib, kichik zarar yetkazgani uchun jarima to‘lashga majbur bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u telefonni stendga qaytarib qo‘ymoqchi bo‘lganida, uni tasodifan stol ustiga tushirib yuborgan. Taxminan 5 santimetr balandlikdan tushgan iPhone 17 Pro korpusida kichkina botiq paydo bo‘lgan. Shu kichik hodisa uchun mijozga 200 yuan (taxminan 28 AQSh dollari) miqdorida jarima solingan.

Shuni ham ta’kidlash joizki, iPhone 17 Pro va Pro Max modellari ilgari ishlatilgan titan o‘rniga to‘liq alyuminiy korpusga o‘tgan. Yangi material tirnalish va ezilishlarga ko‘proq duchor bo‘ladi, shu sababli dastlabki foydalanuvchilar telefonni g‘ilofsiz ishlatganda yuzaga keladigan nuqsonlardan shikoyat qilishmoqda.