Davlat rahbari bir qator hujjatlarga imzo chekdi
Turkmaniston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni kengaytirish, ayollar huquqlarini rivojlantirish hamda bolalarning inklyuziv rivojlanishi yo‘nalishida xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda amalga aşıriladigan vazifalarni bajarish maqsadida Turkmaniston Prezidenti Qaror imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi va Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi Homiylikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda “Zamonaviy jamiyatda ayollarning roli: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” nomli xalqaro konferensiyani 2025-yil 9–10 dekabr kunlari “Avaza” milliy syohat zonasida yuqori darajada tashkil etish topshirildi.
Turkmanistonning doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni va 2025-yilning “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan xalqaro forumni yuqori darajada o‘tkazish, shuningdek, Prezidentning betaraflik tamoyillariga asoslangan tinchliksevar tashqi siyosatini izchil davom ettirish maqsadida Turkmaniston Prezidenti Qaror imzoladi.
Hujjatga binoan, Tashqi ishlar vazirligiga Turkmanistonning doimiy betarafligining 30 yilligiga, Xalqaro betaraflik kuniga va 2025-yilning “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinishiga bag‘ishlangan xalqaro forumni 2025-yil 12 dekabrda Ashxobodda yuqori saviyada tashkil etish topshirildi.
