DÇ-2026: Mundialda qatnashadigan 39 jamoa aniq bo‘ldi
2026-yil AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalar ro‘yxati kengayishda davom etmoqda. 18-noyabr kuni kechasi bo‘lib o‘tgan saralash o‘yinlaridan so‘ng yana besh jamoa mundialga yo‘llanma oldi. Shunday qilib, 48 yo‘llanmaning 39 tasi allaqachon o‘z egasini topdi.
So‘nggi saralash bosqichidan so‘ng Shveytsariya, Ispaniya, Shotlandiya, Avstriya va Belgiya terma jamoalari final bosqichiga chiqdi.
Bugungi kunda DÇ-2026da ishtirok etishi tasdiqlangan jamoalarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:
AQSh, Kanada, Meksika, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana, Kabo-Verde, Janubiy Afrika, Qatar, Saudiya Arabistoni, Angliya, Senegal, Kot-d’Ivuar, Fransiya, Xorvatiya, Norvegiya, Portugaliya, Germaniya, Niderlandiya, Shveytsariya, Ispaniya, Shotlandiya, Avstriya va Belgiya.
Qolgan to‘qqiz yo‘llanma saralash bosqichlari yakunlangach aniqlanadi. Bu ilk bor 48 jamoa ishtirok etadigan jahon chempionati bo‘ladi.
