Dunyodagi eng tez yura oladigan poyezd Xitoyda sinovdan o‘tyapti
Dunyodagi eng tez elektr poyezdi deb tan olingan CR450 hozirda Shanxay–Chunsin–Chendu yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyasida sinovdan o‘tyapti. Poyezd ilk bor o‘tgan yilning oxirida relsga tushganidan beri uzluksiz va qattiq sinovlarga tortilmoqda. Barcha texnik ko‘rsatkichlar, jumladan 450 km/soat maksimal tezlikka erishish, muvaffaqiyatli bajarilgach, keyingi bosqichda tijorat yo‘lovchi tashishidan oldin 600 000 km muammosiz yurish talab etiladi.
CR450 qanday qilib bu darajadagi tezlikka erishdi?
Buning siri aerodinamik va konstruktiv takomillashtirishda. Poyezdning burun qismi mavjud Fuxing poyezdlarida 12,5 metr bo‘lsa (maksimal tezlik 350 km/soat), CR450da u 15 metrga cho‘zilgan — bu havo qarshiligini sezilarli darajada kamaytiradi.
Bundan tashqari, havo qarshiligi muhandislik yondoshuvlari orqali 22% ga kamaytirilgan: yopiq bo‘g‘imlar, pastga tushirilgan "etyeklar", 20 sm balandlikni kamaytirish va 50 tonnaga og‘irlikni qisqartirish. Bu usullar poyga mashinalari dizayniga o‘xshash.
Oxirgi besh yil davomida muhandislar aerodinamikani hatto 0,1% darajada yaxshilashga erishgan.
CR450 0 dan 350 km/soatgacha atigi 4 daqiqa 40 soniyada tezlashadi — bu hozirgi Fuxing poyezdlariga nisbatan 100 soniya tezroq.
Xitoy transportda yetakchilikka intilmoqda
Xitoy samarali yo‘lovchi tashish va yuk oqimini ta'minlashga katta e’tibor qaratmoqda. Mamlakat bugungi kunda dunyodagi eng katta yuqori tezlikdagi temir yo‘l va avtomobil tarmoqlariga ega bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 6 million kilometrdan oshgan.
