FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini taqdim etdi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni 1880,76 ochko to‘plagan Ispaniya termasi egalladi. Jahon chempioni Argentina 1872,43 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Uchinchi o‘rinda esa 1862,71 ochko bilan Fransiya joy oldi.
Turkmaniston milliy terma jamoasi to‘rt pog‘ona pastlab, 142-o‘ringa tushdi. Jamoaning umumiy ochkolari – 1078,09. Oktabr oyida terma jamoa 2027-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasida Shri-Lanka terma jamoasiga qarshi ikki o‘yin o‘tkazdi: 9-oktyabr kuni safarda 0:1 hisobida yutqazdi, 14-oktyabr kuni esa Arkadag shahridagi stadionda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Reytingda eng katta o‘sishni Nigeriya termasi ko‘rsatdi – to‘qqiz pog‘ona yuqorilab, 108-o‘rinni egalladi. Farer orollari jamoasi esa eng ko‘p ochko to‘pladi (+37,95) va to‘qqiz pog‘ona ko‘tarilib, 127-o‘ringa chiqdi. Kosovo terma jamoasi ham rekord natijaga erishdi — yetti pog‘ona yuqorilab, 84-o‘ringa chiqdi.
Eng katta pasayishni Gretsiya ko‘rsatdi — u sakkiz pog‘ona pastlab, hozirda 48-o‘rinda joylashgan. Shvetsiya esa eng ko‘p ochko yo‘qotdi (–27,63) va sakkiz pog‘ona pastlab, 40-o‘ringa tushdi.
