Futbol. FIFA The Best 2025 mukofoti: eng yaxshi futbolchi va murabbiy kim bo‘ldi

Dec 17, 2025 - 08:44
Futbol. FIFA The Best 2025 mukofoti: eng yaxshi futbolchi va murabbiy kim bo‘ldi

The Best FIFA Football Awards 2025 mukofotlarini topshirish marosimi 16-dekabr kuni Dohada bo‘lib o‘tdi. Amul Info mukofot g‘oliblari haqida ma’lumot beradi.

FIFA The Best mukofoti FIFA tomonidan 2016-yildan buyon topshirib kelinmoqda.

Nomzodlar 2024-yil 21-avgustdan 2025-yil 10-avgustgacha bo‘lgan davrdagi o‘yinlari va natijalari asosida tanlab olindi.

2025 yilning eng yaxshi erkak futbolchisi deb PSJ klubi futbolchisi Usmon Dembelé e’tirof etildi. U joriy yilda, shuningdek, “Oltin to‘p” (Ballon d’Or) mukofotini ham qo‘lga kiritdi.

FIFA The Best 2025 mukofotining barcha sovrindorlari

2025 yilning eng yaxshi erkak futbolchisi – Usmon Dembelé (PSJ, Fransiya milliy terma jamoasi).
2025 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi – Aytana Bonmati («Barselona», Ispaniya milliy terma jamoasi).

2025 yilning eng yaxshi erkak murabbiyi – Luis Enrike (PSJ).
2025 yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi – Sarina Vigman-Glotsbah (Angliya milliy terma jamoasi).

2025 yilning erkaklar jamoasi – Donnarumma, Hakimi, Pacho, van Deyk, Mendes, Palmer, Bellingem, Vitinya, Pedri, Yamal, Dembelé.
2025 yilning ayollar jamoasi – Xempton, Bronza, Batlle, Williamson, Paredes, Bonmati, Gixarro, Pina, Kaldentey, Russo, Putelyas.

2025 yilning eng yaxshi erkak darvozaboni – Janluiji Donnarumma («Manchester Siti», Italiya milliy terma jamoasi).
2025 yilning eng yaxshi ayol darvozaboni – Xanna Xempton («Chelsi», Angliya milliy terma jamoasi).

2025 yilning eng chiroyli goli – Santyago Montyel («Independiente», «Independiente Rivadavia»ga qarshi o‘yinda).
2025 yilning ayollar futbolidagi eng chiroyli goli – Lizbet Ovallé («Tigres», «Gvadalaxara»ga qarshi o‘yinda).