Hindistonning janubida avtobus yong‘ini sabab kamida 20 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning janubiy Andhra-Pradesh shtatida sayyohlik avtobusi yonganidan kamida 20 kishi vafot etdi.
Hindustan Times gazetasining xabar berishicha, voqea Hyderabaddan Bengaluruga yo‘l olgan Kaveri Travels kompaniyasiga tegishli avtobus milliy yo‘lda mototsikl bilan to‘qnashganda sodir bo‘lgan.
Politsiya xabariga ko‘ra:
"Ikki g‘ildirakli transport vositasi avtobus ostida qolib, yonilg‘i bakiga urildi, bu esa darhol portlashga va olovning butun avtobus bo‘ylab tez tarqalishiga sabab bo‘ldi."
Ko‘pchilik yo‘lovchilar hodisa vaqtida uxlashgan edi. Ba’zilari uyg‘ondi, oynalarni sindirib, chiqishga harakat qildi, lekin ko‘pchiligi ichkarida qoldi, chunki olov bir necha daqiqa ichida avtobusni qamrab oldi. Mahalliy aholi voqea joyiga yugurib borib, yong‘in o‘chirishchilar kelguncha jabrlanganlarni qutqarishga harakat qildi.
Politsiya tergov boshladi va yong‘inning sababini beparvo haydash va yonilg‘i oqishi bilan izohlashmoqda. Xabar berilishicha, avtobus haydovchilari voqeadan so‘ng darhol yashirinib ketishgan va hozir ularni qidirmoqdalar.
