Ilon Mask Grok 4’ni taqdim etdi

Ilon Maskning xAI kompaniyasi sun’iy intellekt tizimining to‘rtinchi versiyasi — Grok 4ni rasman taqdim etdi. Yangi model PhD darajasidagi murakkab masalalarni hal qilish qobiliyatiga ega va ikki ko‘rinishda taqdim etilgan: oddiy (Base) versiya hamda bir nechta botlar asosida guruh bo‘lib ishlaydigan kuchaytirilgan versiya — Grok 4 Heavy.
Grok 4 mashhur Humanity’s Last Exam testida 50,7% natija ko‘rsatdi va Google Gemini 2.5 Pro (22%) hamda OpenAI GPT-3.5 (21%) modellaridan ustun bo‘ldi. Heavy versiyasi esa qo‘shimcha vositalar bilan 44,4% natijaga erishdi, bu esa Gemini’ning 26,9% ko‘rsatkichidan ancha yuqori.
Grok 4’ning asosiy yangiligi — bu guruhli sun’iy intellekt arxitekturasi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta AI yordamchilari masalalarni hal qiladi, natijalarni almashadi va eng yaxshisini tanlaydi.
Grok 4’ning ishga tushirilishi yaqinda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida Grok avtomatik akkaunti tomonidan bildirilgan antisemitizmga oid izohlar bilan bog‘liq obro‘ga tahdid soluvchi holatlardan so‘ng amalga oshdi. Texnik yutuqlariga qaramay, bunday voqealar Grok 4’ni ayniqsa korporativ mijozlar orasida ilgari surishda to‘siq bo‘lishi mumkin — ular uchun ishonchlilik va bashorat qilinuvchanlik juda muhim hisoblanadi.