Muxlislar hafsalasi pir bo‘ldi: “Real” “Atletiko”dan, “Liverpul” esa “Kristal Pelas”dan mag‘lub bo‘ldi

Oct 1, 2025 - 13:54
Muxlislar hafsalasi pir bo‘ldi: “Real” “Atletiko”dan, “Liverpul” esa “Kristal Pelas”dan mag‘lub bo‘ldi

Dunyoning eng ko‘p muxlislariga ega klublarining mag‘lubiyatga uchrashi La Liga va Angliya Premer-ligasining so‘nggi turlarini yanada qiziqarli qildi.

27-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan La Liganing 7-tur uchrashuvida Madridning “Real” klubi safarda shahar raqibi “Atletiko”ga 5:2 hisobida yutqazdi. Mezbonlar safida gollarni Leo Norman (14-daqiqa), Sørloth (45+3), Alvares (51, 63) va Grizmann (90+3) kiritdi. “Real”ning gollari esa Mbappe (25) va Güler (36) tomonidan urildi.

Mazkur mag‘lubiyatga qaramay, “Real” 18 ochko bilan turnir jadvalining yetakchiligini saqlab qolmoqda. “Atletiko” esa 12 ochko bilan kuchli to‘rtlikka kirdi.

APL (Angliya Premer-ligasi)ning 6-tur uchrashuvida esa “Liverpul” “Kristal Pelas”ga mag‘lub bo‘ldi. Londonning “Selhurst Park” stadionida o‘tgan o‘yinda mezbonlar safida Sarr (9) va Nketiya (90+7) gol urdi. “Liverpul”ning yagona golini esa Chiesa (87) kiritdi.

Navbatdagi mag‘lubiyatiga qaramay, “Liverpul” 15 ochko bilan turnir jadvalining birinchi o‘rnini saqlab qolmoqda. “Kristal Pelas” esa 12 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.