Qora smorodinaning jigar uchun foydali xususiyati aniqlanmoqda

Qora smorodina ekstrakti FGF21 deb ataluvchi asosiy himoya oqsilini faollashtiradi, bu esa alkogol ta’siridan keyin jigarning tiklanishiga yordam beradi. Xitoy va Fin olimlari shunday xulosaga kelishdi. Natijalar Food & Function ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Sep 25, 2025 - 16:47
Qora smorodinaning jigar uchun foydali xususiyati aniqlanmoqda

Laboratoriya tadqiqotlari ekstraktda taxminan 900 polifenol va 45 antotsian borligini ko‘rsatdi. Ushbu o‘simlik manbasidagi ko‘plab biofaol moddalar FGF21 oqsilining ishlab chiqarilishini oshiradi. Ushbu oqsil jigar tomonidan ajratilib, miyaga ta’sir ko‘rsatadi va toksinlarni tezroq chiqarilishiga yordam beradi.

Jigar hujayralari va laboratoriya sichqonlarida o‘tkazilgan tajribalarda qora smorodina ekstrakti yallig‘lanish va oksidlovchi stressni kamaytiradi, shuningdek, hujayra membranalarini shikastlanishdan himoya qiladi. Bu ta’sir ayniqsa o'tkir alkogol zararlanishi modellarida aniq kuzatildi.

FGF21 oqsilini faollashtirishdan tashqari, qora smorodina ekstrakti nerv tizimini tartibga soladi va organizmning umumiy detoksifikatsiya salohiyatini oshiradi. Olimlar qora smorodina nafaqat jigarning tabiiy himoyachisi, balki alkogol ta’siridan kelib chiqadigan zararni oldini olish va davolash uchun istiqbolli dori vositasining tarkibiy qismi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydilar.