Rossiyalik muhandislar sun’iy intellektli detektor yaratdi

Jul 22, 2025 - 19:02
Rossiyalik muhandislar sun’iy intellektli detektor yaratdi

Rossiyalik muhandislar nafas yo‘llari kasalliklarini — astma, SPXA (surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi) va boshqa keng tarqalgan kasalliklarni atigi bir daqiqa ichida aniqlay oladigan yangi va noyob qurilmani ishlab chiqdilar.

Ushbu qurilmaning asosiy xususiyati — nafas olishni tahlil qilishda mashinaviy o‘rganish (machine learning) algoritmlaridan foydalanilishidir. U bemorning ahvolining yomonlashishini oldindan bashorat qila oladi va shaxsiy tavsiyalarni beradi.

Bu yangilik ham shifokorlar, ham bemorlar uchun foydalidir. Shifokorlar qabul paytida tezda aniq tashxis qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa qo‘shimcha tekshiruvlarga ehtiyojni kamaytiradi. Bemorlar esa uy sharoitida o‘z salomatligini nazorat qila oladilar, bu og‘irlashish xavfini kamaytiradi. Kelajakda bunday qurilmalar surunkali o‘pka kasalliklarini davolash xarajatlarini mamlakat miqyosida kamaytirishga yordam berishi kutilmoqda.

Hozirda qurilmaning prototipi tayyor, laboratoriya va dastlabki sinovlardan o‘tkazilgan hamda patent olingan.