Tarixiy parvoz: kvant kompyuteri ilk bor Yer orbitasiga chiqarildi
Dunyo ilm-fan va kundalik hayotning ajralmas qismi bo‘lgan kvant texnologiyalari davriga kirib bormoqda.

2025 yil 23 iyun kuni insoniyat kelajak sari yana bir qadam tashladi — tarixda ilk bor kvant kompyuteri Yer orbitasiga chiqarildi. Ushbu qurilma SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi tomonidan amalga oshirilgan Transporter 14 missiyasining bir qismi bo‘ldi. Bu haqda Interesting Engineering xabar berdi.
Kvant kompyuteri oyoq kiyimi qutisi kattaligida bo‘lib, Simon Steiner, Iris Agresti va Philipp Walter rahbarligida ishlab chiqilgan va atigi 11 kunda yig‘ilgan. U sun’iy yo‘ldoshga o‘rnatilgan bo‘lib, vaznsizlik va radiatsiya sharoitida kubitlarning ishlashini sinash uchun mo‘ljallangan.
Eksperimentning maqsadi — kosmosda kvant hisoblashning chidamliligini tekshirish. Oddiy protsessorlardan farqli o‘laroq, kvant chiplar bir vaqtning o‘zida ko‘plab holatlarni qayta ishlay oladi, bu esa ularni orbitada ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ayniqsa istiqbolli qiladi.
Agar eksperiment muvaffaqiyatli bo‘lsa, bu quyidagilarda kvant chiplaridan foydalanish yo‘lini ochadi:
-
Real vaqtda ma’lumotlarni shifrlash,
-
Sun’iy yo‘ldoshlarning mustaqil navigatsiyasi,
-
Kosmik hodisalarni monitoring qilish va tahlil qilish.
Mutaxassislarning fikricha, kvant kompyuterini kosmosga chiqarish soha uchun inqilobiy qadamdir. Bu kvant hisoblashlarni sun’iy yo‘ldoshlar va sayyoralararo apparatlar standart arsenalining bir qismiga aylantirishga qaratilgan birinchi qadamd hisoblanadi.
Yaqin yillarda kosmosda yangi kvant tajribalari rejalashtirilgan, ular orasida yanada kuchli protsessorlar va ko‘p maqsadli platformalar mavjud.