Dunyoning eng baland ko‘prigi Xitoy janubi-g‘arbida ochiladi
2025-yil 28-sentabr, yakshanba kuni Xitoyning Guichjou provinsiyasida joylashgan Xuajzyan Kanyonidan o‘tgan dunyodagi eng baland ko‘prik foydalanishga topshiriladi. Ushbu ko‘prik allaqachon rasmiy ravishda eng baland ko‘prik sifatida e’tirof etilgan.
Liujji–Anlong tezkor avtomobil yo‘li tarkibiga kiruvchi ushbu inshootning umumiy uzunligi 2 890 metrni, asosiy oraliq uzunligi esa 1 420 metrni tashkil etadi. Kanyondan balandligi esa 625 metrga yetadi. Bu ko‘rsatkichlar bilan u dunyodagi eng baland va tog‘li hududdagi eng uzun ko‘prikka aylandi.
Ko‘prining asosiy tayanch konstruktsiyasi 93 ta po‘lat segmentdan iborat bo‘lib, umumiy og‘irligi taxminan 22 000 tonnani tashkil qiladi — bu ikki Eyfel minorasining og‘irligiga teng. Qurilish 2022-yil boshida boshlangan va muhandislar Xuajzyan Kanyonining murakkab relyefini yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ko‘prik ochilgach, kanyonni kesib o‘tish vaqti ikki soatdan atigi ikki daqiqagacha qisqaradi. Bu esa mintaqadagi transport aloqalarini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Bundan tashqari, ko‘prik nafaqat muhandislik mo‘’jizasi, balki turistik obyektda aylanishi ko‘zda tutilgan. Sayyohlar uchun piyodalar yo‘laklari, kuzatuv maydonchalari va hattoki base-jumping (baland joydan parashyut bilan sakrash) kabi ekstremal ko‘ngilochar joylar tashkil etiladi.
