Texas shtatida suv toshqinlari oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi

AQShning Texas shtatida davom etgan kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari natijasida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy hokimiyatlarning xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor. Bu haqda ABC News va The New York Times xabar berdi.
The New York Times’ning maʼlumotiga koʻra, yana 25 kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda. Ular orasida bu hududda joylashgan, qizlar uchun moʻljallangan xristian yozgi oromgohi — Camp Mystic’dagi 23 dam oluvchi ham bor.
Aholini evakuatsiya qilish uchun Texas Milliy gvardiyasi vertolyotlar, taktika texnikalari va qutqaruv guruhlarini jalb etdi. Xizmat rahbari Tomas Sultzerning aytishicha, jami 237 kishi qutqarilgan.
Suv toshqini kuchli va uzoq davom etgan yomg‘irlar natijasida yuzaga kelib, Texasning janubiy va markaziy hududlarida daryolar va suv omborlari toshib ketgan. Baʼzi shaharchalarda yo‘llar va infratuzilma zarar ko‘rgan.
Hokimiyat fuqarolardan xavfsizlik choralariga rioya qilishni va xavfli hududlarga bormaslikni so‘ramoqda.
Yangiliklar uchun Amulinfo.com va Yandex Zen sahifalarini kuzatib boring.