Turk davlatlari 2026 yilda birgalikda sun’iy yo‘ldosh uchiradi
**Turk davlatlari tashkiloti (TDT)**ga a’zo mamlakatlar 2026 yilda birgalikda sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqarib, orbitaga uchirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Report agentligi TDT davlat rahbarlarining 12-sammiti yakunida qabul qilingan Gabala deklaratsiyasiga tayanib xabar berdi.
Deklaratsiyada 2025 yil 23 iyul kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan a’zo davlatlar ilk yig‘ilishi natijalari qo‘llab-quvvatlangani qayd etilgan.
Hujjatda OTS bayrog‘i ostida 2026 yilda uchirilishi rejalashtirilgan 12U TDT-SAT Küp sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqish va ishga tushirish jarayonini tezlashtirish vazifasi belgilangan. Loyiha a’zo davlatlarning umumiy tajribasi va texnologik imkoniyatlariga asoslangan yirik yutuq sifatida e’tirof etiladi.
