Xiaomi 17 Ultra, Redmi Turbo 5 va boshqa yangi qurilmalar 26-dekabr kuni taqdim etiladi

Dec 15, 2025 - 15:46
Xiaomi 17 Ultra, Redmi Turbo 5 va boshqa yangi qurilmalar 26-dekabr kuni taqdim etiladi
Redmi

Xitoylik texnologiya kompaniyasi Xiaomi 26-dekabr kuni bir nechta yangi qurilmalarini bir vaqtning o‘zida taqdim etadi. Bu haqda ishonchli insayder Digital Chat Station xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirda flagman Xiaomi 17 Ultra, shuningdek Redmi Turbo 5 va Redmi Turbo 5 Pro smartfonlari namoyish etiladi. Bundan tashqari, o‘rta darajadagi yangi planshet, flagman aqlli soatlar, ikkita quloqchin modeli va boshqa qurilmalar taqdimoti kutilmoqda.

Xiaomi 17 Ultra smartfoni Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan jihozlanadi.
Redmi Turbo 5 — 7 500 mA·soat, Redmi Turbo 5 Pro esa 9 000 mA·soat sig‘imli batareya va 100 Vt tezkor quvvatlash qo‘llab-quvvatlashi bilan chiqishi mumkin.
Yangi flagman aqlli soatlar eSIM qo‘llovi va 930 mA·soat batareyaga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Xitoyda Xiaomi 17 Ultra uchun oldindan buyurtmalar allaqachon boshlangan. Mish-mishlarga ko‘ra, narx avvalgi avlod darajasida qoladi. Global bozorga chiqish sanasi hozircha ma’lum emas.