AQShda yangi dastur ishga tushirildi: 1 million dollar evaziga Green Card
AQShda trumpcard.gov sayti rasman ishga tushirildi. Unda hukumat ilk bor murakkab investitsiya loyihalarisiz, ish o‘rinlari yaratmasdan va murakkab sxemalarsiz belgilangan summa evaziga Green Card olishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lini taklif qilmoqda.
Tamoyil juda oddiy:
1 million dollar → AQSh g‘aznachiligiga o‘tkazma → doimiy rezident maqomi.
Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan bosqichlar:
-
trumpcard.gov saytida ro‘yxatdan o‘tish
-
Tekshiruv uchun 15 000 dollar to‘lash (qaytarilmaydi)
-
DHS tomonidan background check’dan o‘tish
-
Tasdiqlangandan so‘ng 1 000 000 dollar to‘lash
Mavjud variantlar:
-
Gold Card — 1 mln $ (jismoniy shaxslar)
-
Corporate Gold Card — 2 mln $ (kompaniyalar)
-
Platinum Card — 5 mln $
-
ustuvor ko‘rib chiqish
-
xorijdagi daromadlardan 270 kungacha soliq olinmaydi
-
Muhim ma’lumotlar:
-
Bu fuqarolik emas, balki doimiy yashash huquqi
-
Siz global daromad bo‘yicha AQSh soliq rezidenti bo‘lasiz
-
Rad etilgan taqdirda 15 ming dollar qaytarilmaydi
-
Oila a’zolari uchun to‘lov alohida amalga oshiriladi
-
Mablag‘lar AQSh davlat byudjetiga yo‘naltiriladi
Dastur EB-1 va EB-2 asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, moliyaviy badal endilikda “AQSh uchun sezilarli foyda” sifatida baholanadi.
