Xitoy sun’iy intellekt bo‘yicha jahon hamkorlik tashkilotini tuzishni taklif qildi

Nov 1, 2025 - 15:30
Xitoy sun’iy intellekt bo‘yicha jahon hamkorlik tashkilotini tuzishni taklif qildi

Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro hamjamiyatga sun’iy intellekt (SI) sohasida global hamkorlik tashkilotini tuzishni taklif qildi.

Reuters agentligiga tayanib, Report nashri xabar berishicha, Xitoy raisi Si Szinpin bu tashabbusni Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik (APEC) sammitida, Koreyaning Kyonju shahrida bildirgan.

«Xitoy sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha jahon tashkilotini tuzishni taklif qiladi. Bu tashkilot xalqaro hamjamiyatga SI sohasida umumiy foyda keltiruvchi imkoniyatlarni taqdim etadi», — dedi u.

Si Szinpinga ko‘ra, Xitoy APEC a’zolari bilan birgalikda sun’iy intellekt bo‘yicha jamoaviy savodxonlikni oshirish hamda raqamli va aqlli texnologiyalar o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish ustida ishlashga tayyor.