BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Turkmanistonga keldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Hazar dengizining Turkmaniston sohilida o‘tkazilayotgan dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar bo‘yicha uchinchi xalqaro maslahatda ishtirok etish maqsadida Turkmanistonga keldi. Bu haqda “Vatan” axborot dasturida xabar berildi.
Yuqori martabali mehmonning safari Turkmanbashi xalqaro aeroportidan boshlandi. BMT va maslahatga ishtirok etayotgan davlatlarning davlat bayroqlari bilan bezatilgan aeroportda Antoniu Guterrish iliq kutib olindi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishni bu yerda Turkman xalqining Milliy Yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov samimiy kutib oldi. Tomonlar o‘zaro hurmat-ehtirom bilan safari ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Guterrishning ushbu safari Turkmanistonning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarining navbatdagi namoyishi sifatida ko‘rilmoqda.