Miya yallig‘lanishi va semirishdan himoya qiluvchi mahsulot aniqlandi
Nutritional Neuroscience: zaytun yog‘i semirish va miya yallig‘lanishidan himoya qiladi
Braziliyalik olimlar semirishga uchragan kalamushlarning ratsioniga extra virgin (birinchi sovuq siqilgan) zaytun yog‘ini qo‘shish gipotalamusdagi yallig‘lanishni oldini olishini aniqladilar. Gipotalamus — bu ochlik hissi va modda almashinuvini boshqaruvchi miya qismi. Shuningdek, hayvonlar kamroq vazn yig‘ishgan va metabolik ko‘rsatkichlari yaxshilangan. Tadqiqot Nutritional Neuroscience jurnalida chop etilgan.
Extra virgin zaytun yog‘i kimyoviy ishlov berilmagan, mexanik usulda olingan tabiiy yog‘dir. U polifenollar va E vitamini bilan boy bo‘lib, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
Ariadna Peres rahbarligidagi San-Paulu universiteti olimlari kalamushlarni yog‘ga boy ratsion bilan oziqlantirishdi. Ba’zi kalamushlarga qo‘shimcha ravishda zaytun yog‘i berildi. Bir necha haftadan so‘ng, bu guruhdagi hayvonlarda tana og‘irligi me’yorda saqlanib, gipotalamusning arcuate yadrosidagi yallig‘lanish kamaygani kuzatildi — bu qism odatda semirishda zarar ko‘radi.
Tadqiqotchilarning fikricha, extra virgin zaytun yog‘ini muntazam iste’mol qilish, semirish bilan bog‘liq modda almashinuvi buzilishlarining oldini olishda istiqbolli usul bo‘lishi mumkin.
