Olimlar aniqladi: yong‘oqlar yurak kasalliklari xavfini 14 foizga kamaytiradi
EatingWell: Bodom va keşyu yurak kasalligi xavfini 17 foizga kamaytiradi
AQShdagi Loma Linda universiteti sog‘liqni saqlash maktabi olimlari muntazam ravishda yong‘oq iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari va erta o‘lim xavfini kamaytirishini aniqladilar. Bu haqda EatingWell nashri xabar berdi.
Tadqiqot Adventist Health Study 2 loyihasi ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, unda AQSh va Kanadadan 80 mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etgan.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, muntazam yong‘oq iste’mol qilgan ishtirokchilarda yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfi 14 foizga, yurak ishemik kasalligidan o‘lim xavfi esa 19 foizga past bo‘lgan.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, eng katta foyda bodom, keşyu va yong‘oqdan olinadi. Ularni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini 17 foizga, yurak ishemik kasalligidan o‘lim xavfini esa 27 foizga kamaytiradi.
Tadqiqot mualliflari yong‘oqlar to‘yinmagan yog‘lar, o‘simlik oqsili va tolalarga boy ekanini qayd etishdi. Shuningdek, ularning tarkibida E va B vitaminlari, qon tomirlarini mustahkamlaydigan va xolesterin darajasini me’yorda ushlab turuvchi minerallar mavjud.
Bundan tashqari, yong‘oqlar hazm tizimi sog‘lig‘iga foyda keltiradi va immunitetni mustahkamlaydi. Oldingi tadqiqotlar ichak bakteriyalari va ularning metabolitlari immun tizimini tartibga solishi va tanadagi yallig‘lanishni kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatgan.
