Shifokor: kattalar va bolalar yiliga qancha baliq iste’mol qilishi kerak
Shifokor Moiseev: Katta odam yiliga 25–30 kilogramm baliq iste’mol qilishi lozim
Katta odam yil davomida 25–30 kilogramm baliq yeyishi kerak. Bu haqda pediatr, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Moiseev RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bolalarga baliq berishni 8 oylikdan boshlash kerak, odatda kam yog‘li baliq turlari — treska va xekdan boshlanadi. Qizil baliq, masalan losos, esa bolalarning ratsioniga bir yoshga yaqin paytda kiritilishi lozim.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, organizm uchun zarur vitaminlar va mikroelementlarni yetarli miqdorda olish uchun kattalar haftasiga 600 gramm baliq iste’mol qilishi kerak. Bu yiliga 25–30 kilogramm baliqqa teng. Shunday miqdordagi baliqni 12 yoshli bola ham yeyishi mumkin.
1-noyabr kuni kardiolog va terapevt Lenar Kashapov to‘g‘ri ovqatlanish insultning oldini olish va qon tomirlar sog‘lig‘ini saqlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
30-oktabrda tibbiyot fanlari doktori Larisa Volkova ayollarga kuniga 58–87 gramm, erkaklarga esa 65–115 gramm oqsil kerakligini bildirdi.
