Yer quyoshdagi koronal teshikdan chiqqan shamol taʼsiriga kechroq tushdi

Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabariga koʻra, Yer Quyoshdagi koronal teshikdan chiqqan quyosh shamoli taʼsiriga prognoz qilingan vaqtga nisbatan deyarli bir kun kechroq tushdi.

Sep 15, 2025 - 09:13
Yer quyoshdagi koronal teshikdan chiqqan shamol taʼsiriga kechroq tushdi
Shutterstock

 Asboblar Yerning soat taxminan 17:00 (Moskva vaqti bilan) da bu oqim hududiga kirganini koʻrsatdi.

"Hozirgi vaqtda kuzatilayotgan koronal teshik hajmi Yerning bu taʼsirdan chetda qolishini deyarli imkonsiz qiladi. Asosiy savol — plazmaning xususiyatlari va ayniqsa, shamol tezligi qanday boʻlishida edi", — deydi olimlar.

Mutaxassislarning taxminiga koʻra, yaqin soatlar ichida quyosh shamoli tezligi oshadi. Yer ushbu oqim ichida kamida 4–5 kun qoladi.

Avvalroq, juma kuni, IKI RAN hamda SB RANning Quyosh-Yer fizikasi instituti olimlari bu koronal teshik sababli yuzaga keladigan geomagnit bezovtaliklar 13-sentabrdan 16-sentabrgacha davom etishi mumkinligini bildirgan edi.