Yangi davolash usuli yarim soatda teri saratoni hujayralarining 92%ini va ichak (kolorektal) saratoni hujayralarining 50%ini yoʻq qildi
Saratоn — dunyoda oʻlimning ikkinchi eng keng tarqalgan sababi. Olimlar samarali davolash yoʻllarini izlamoqda. Yangi usul LED yorugʻligi va juda mayda qalay plastinkalarini birlashtiradi. Bu terapiya faqat saraton hujayralarini yoʻq qiladi, sogʻlom hujayralarga zarar yetkazmaydi. Tadqiqot Texas universiteti (Austin) va Porto universiteti olimlari tomonidan oʻtkazilgan va ACS Nano jurnalida chop etilgan.
Ushbu yondashuv qimmat materiallar va maxsus laboratoriyalar zaruratini bartaraf etib, yorugʻlik asosidagi terapiyani yanada arzon va qulay qiladi. Bundan tashqari, lazerlardan farqli oʻlaroq, LED yorugʻlik sogʻlom toʻqimalarga zarar yetkazmaydi.
Olimlar “SnOx nanoplastinkalari” deb nomlangan maxsus saratonga qarshi material ishlab chiqdilar. Tajribalar natijasida atigi 30 daqiqa ichida teri saratoni hujayralarining 92%i va ichak saratoni hujayralarining 50%i yoʻq qilindi. Sogʻlom hujayralar esa zararlanmagan.
Ushbu usul xavfsiz va innovatsion hisoblanadi, hamda kimyoterapiyadagidek ogʻriqli yon ta’sirlar mavjud emas. Keyingi bosqichda olimlar materialning yorugʻlik va issiqlikka qanday ta’sir qilishini oʻrganmoqchi hamda yangi katalizatorlarni topib, bu davolashni butun dunyoda shifokorlar va bemorlar uchun qulay qilishni maqsad qilmoqda.
