Yaponiya kosmik chiqindilarni tozalash uchun xalqaro qoidalar ishlab chiqmoqda

Yaponiya kosmik chiqindilarni tozalash bo‘yicha xalqaro qoidalar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu chiqindilar sun’iy yo‘ldoshlar va Xalqaro kosmik stansiyaga tahdid solishi mumkin. Bu haqda Kyodo agentligi mamlakat rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

Aug 4, 2025 - 10:19
Yaponiya kosmik chiqindilarni tozalash uchun xalqaro qoidalar ishlab chiqmoqda
NASA's Goddard Space Flight Center

2026-yil mart oyiga qadar Yaponiya hukumati va mutaxassislar raketa qoldiqlari va eski sun’iy yo‘ldoshlar kabi ob’yektlarni utilizatsiya qilish bo‘yicha huquqiy va protsedura jihatlarini aniqlab olmoqchi. Shuningdek, chiqindilar haqidagi ma’lumotlarni egalaridan – davlat yoki xususiy tashkilotlardan qanday olish tartibini belgilashga harakat qilinmoqda.

Ushbu tashabbus 2026-yilda BMTning Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha qo‘mitasidagi global muhokamalarga tayyorgarlik sifatida ko‘rilmoqda.

Oldinroq AQShning Sandia milliy laboratoriyasidan olimlar infra tovush yordamida meteoritlar va kosmik chiqindilarni kuzatish usulini ishlab chiqdilar. Ushbu texnologiya Yer va Yer atrofidagi makonni tabiiy hamda inson tomonidan yuzaga kelgan xavflardan himoya qilishga yordam beradi.