YeI Oʻrta Koridor doirasida hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi tuzilma yaratadi
Yevropa Ittifoqi Yevropani Turkiya va Janubiy Kavkaz orqali Markaziy Osiyo bilan bog‘lashga qaratilgan yangi mintaqalararo rivojlanish tashabbusini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun muvofiqlashtiruvchi tuzilma yaratishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda "Report" axborot agentligining Yevrokomissiyaga tayanib bergan xabarida aytilgan.
"Tashabbus ishtirokchilari, xalqaro moliyaviy institutlar, xususiy investorlar va manfaatdor uchinchi tomonlar oʻrtasida bu ishni muvofiqlashtiradigan tuzilmani yaratish rejalashtirilmoqda", — deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.
Mazkur masala 27-noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan Transkaspiy xalqaro transport yoʻlagi (TITR yoki Oʻrta Koridor) ishtirokchilari va investorlar forumida muhokama qilinadi. Yevrokomissiyaga ko‘ra, tadbirda ustuvor investitsiyalar va transport bog‘liqligini ta’minlash choralari ham koʻrib chiqiladi.
"Yevropa O‘rta Koridor bo‘ylab joylashgan mamlakatlarga sifatli investitsiyalar va to‘laqonli hamkorlikni taklif qiladi. Bu esa uning takliflarini boshqalarnikidan ko‘ra jozibaliroq qiladi", — deyiladi xabarda.
