Yosh o‘tishi bilan xotira zaiflashish xavfini kamaytiradigan mahsulotlar ma'lum qilindi
F&F: Butun donli mahsulotlar qarilikdagi xotira pasayishini kamaytiradi
Xitoylik olimlarning fikriga ko‘ra, butun donli mahsulotlarni muntazam iste'mol qilish keksalikda xotirani va aql ravshanligini saqlab qolishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari Food & Function (F&F) jurnalida chop etilgan.
Tadqiqotda o‘rtacha yoshi 64 bo‘lgan 5 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Chunsin va Pekin shaharlaridan bo‘lgan tadqiqotchilar ishtirokchilarning ovqatlanish ratsionini tahlil qilib, uni xotira, e’tibor va fikrlash tezligini o‘lchovchi kognitiv testlar natijalari bilan solishtirdilar.
Natijalarga ko‘ra, kuniga taxminan 75 gramm butun donli mahsulot iste'mol qilganlar yengil kognitiv buzilishlarga 18% kam duch kelgan va testlarda umumiy holda yaxshiroq natijalarni ko‘rsatgan. Ayniqsa, butun donli mahsulotlar bilan og‘zaki xotira va e’tibor darajasi o‘rtasidagi aloqa aniq ko‘zga tashlangan.
Olimlarning aytishicha, bu ijobiy ta’sir butun don mahsulotlaridagi kletchatka, B guruhi vitaminlari, magniy va antioksidantlarning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu moddalar neyronlarni himoya qiladi va qon tomir sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.
