Redmi Watch 6 — Yangi zamonaviy aqlli soatlar bir oygacha quvvat olmasdan ishlay oladi
Xiaomi kompaniyasi prezidenti Lu Weibing yangi Redmi Watch 6 aqlli soatlarini taqdim etdi. Ushbu yangi qurilmaning rasmiy savdosi 23-oktyabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan.
Yangi model to‘liq yangilangan dizayni, yupqa korpusi va atigi 2 millimetr qalinlikdagi ramkasi bilan ajralib turadi. Soatning ekrani to‘liq rangli bo‘lib, Always On Display (doimiy yoniq ekran) funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Alyuminiy ramka ishlatilgani tufayli soat engil va estetik ko‘rinishga ega.
Redmi Watch 6 soatlarining eng katta afzalliklaridan biri bu — uzoq muddatli ishlashi bo‘lib, yangi soatlar 24 kungacha uzluksiz ishlay oladi. Bu esa foydalanuvchilarga har kuni quvvatlashni unutishga imkon beradi.
Yangi soatlar Xiaomi’ning yangi operatsion tizimi — HyperOS 3 asosida ishlaydi. Demak, qurilma nafaqat tashqi ko‘rinishi bilan, balki tizim jihatdan ham yangi imkoniyatlarni taklif qiladi.
Redmi Watch 6 haqida qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy savdolar boshlanishidan oldin e’lon qilinadi.
