Dunyodagi eng ixcham sun’iy intellekt superkompyuteri taqdim etildi

Dec 16, 2025 - 17:52
Dunyodagi eng ixcham sun’iy intellekt superkompyuteri taqdim etildi

AQShning Tiiny AI startapi Tiiny AI Pocket Lab qurilmasini taqdim etdi. U Ginnes rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng kichik shaxsiy SI superkompyuteri sifatida e’tirof etildi. Tashqi ko‘rinishi powerbankka o‘xshash bo‘lsa-da, imkoniyatlari jihatidan to‘liq superkompyuter hisoblanadi.

Pocket Lab 120 milliardgacha parametrga ega yirik til modellarini bulut, server yoki kuchli GPUlarsiz, to‘liq oflayn rejimda ishga tushira oladi.

Tiiny AI ushbu qurilma orqali sun’iy intellektni bulut infratuzilmasiga bog‘liqligini kamaytirishni, shuningdek energiya sarfi va ma’lumotlar maxfiyligi bilan bog‘liq muammolarga yechim topishni maqsad qilgan.

Qurilma kontent yaratuvchilar, dasturchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan.

Barcha foydalanuvchi ma’lumotlari bank darajasidagi shifrlash bilan lokal tarzda saqlanadi, bu esa yuqori darajadagi maxfiylikni ta’minlaydi.

Pocket Lab 10–100 milliard parametrli modellar bilan samarali ishlaydi va 120 milliard parametrgacha kengaytirilib, GPT-4 darajasidagi intellektni taqdim etadi.

Qurilma 12 yadroli ARMv9.2 protsessor bilan jihozlangan bo‘lib, energiya sarfi 65 vattgacha.

Pocket Lab Llama, Qwen, DeepSeek, Mistral, Phi va GPT-OSS kabi ochiq manbali modellarni hamda OpenManus, ComfyUI, Flowise, SillyTavern agentlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

To‘liq ishga tushirish 2026-yil yanvarida CES ko‘rgazmasida rejalashtirilgan.